Oliy martabali mehmonlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Birinchi xonimi Tamara Vuchich, Xalq majlisi raisi Ana Brnabich, Bosh vazir Juro Matsut va boshqa rasmiy shaxslar qutladilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahrida Serbiyaga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.
Oliy martabali mehmonlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Birinchi xonimi Tamara Vuchich, Xalq majlisi raisi Ana Brnabich, Bosh vazir Juro Matsut va boshqa rasmiy shaxslar qutladilar.
Tadbirda Oʻzbekiston prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy tashrifining tarixiy ahamiyati, ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani alohida taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Serbiya xalqlari oʻrtasidagi aloqalar anʼanaviy doʻstona ruhda rivojlanayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasining tashrifi sharafiga 'Kula Belgrad' osmonoʻpar binosi Oʻzbekiston davlat bayrogʻi ranglarida yoritildi.
(0)Comments